Xotin-qizlar qo‘mitasi qayni ukasi tomondan pichoqlangan homilador ayolni o‘z himoyasiga oldi

Jamiyat 00:27 / 09.02.2019 18841

O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan qayni ukasi tomonidan 16 marta pichoq sanchilgan homilador ayolning sud jarayonida ishtirok etish tashabbusini bildirdi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili sudda jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, jabrlanuvchi ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi.

Yuz bergan hodisa oqibatlari mudhish tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi. Natijada ona ham, homila ham saqlab qolindi. Ma'lum qilinishicha, ayol farzandini 14 fevral kuni kesarcha kesish orqali dunyoga keltiradi.

Ko‘proq yangiliklar: