Toshkentda simob «oldi-sotdisi»ga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan nodir metallar, zaharlovchi xususiyatga ega moddalar, davlat standartiga muvofiq 8 toifadagi xavfli yuklarga kiruvchi simob va simob birikmalarining noqonuniy aylanuviga oid yana bir holatni fosh etildi.
Jumladan, tezkor tadbir davomida Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi avtoturargohlarning birida fuqarolar R.B. va K.D. “shartli xaridor”ga 12,7 kilogramm simobni 103 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan bojxona qoidabuzarliklari yuzasidan Davlat bojxona qo‘mitasining qisqa raqamli 11-08 “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz. Bunda xabar bergan shaxs sir tutiladi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025