​Tadbirkorlar va sarmoyadorlar diqqatiga: «Sovplastital» o‘z binolarini sotuvga qo‘ydi

Jamiyat 13:48 / 09.02.2019 9185

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xususiy biznesni kengaytirish borasida islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi sifatida bozor iqtisodiga o‘tish uchun qulay muhitlar barpo etgani holda tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar taqdim etish bilan xususiy tashabbuskorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Buning natijasida YaIMda xususiy sektor ulushi sezilarli ravishda ortib boryapti.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish barobarida davlat ulushi bor korxonalarda boshqaruvni yanada shaffoflashtirish, ularning faoliyatida davlat aralashuvini kamaytirish yo‘lida samarali ishlar ham olib borilyapti.

Keling, dastavval, «Sovplastital» va uning mahsulotlari o‘ziga xosligi nimalardan iborat ekaniga e'tibor qarataylik.

«Sovplastital» bir necha o‘n yillardan beri faoliyat yuritib, plastmassa, sopol, chinni va rangli shishadan tayyorlanadigan 10 mingdan ortiq nomdagi turli xil mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Biroq, dunyoga tanilish uchun son emas, sifat asosiy omil hisoblanishi bugungi kunda hech kimga sir emas.

Hozirda korxona plastmassani qayta ishlashning barcha mavjud usullarini qo‘llagan holda mahsulotlar ishlab chiqaradi. Plastmassadan yasalgan mebel, bolalar va yangi yil archa o‘yinchoqlari, xo‘jalik mollari yog‘ochdan yasalgan turdoshlariga qaraganda sezilarli arzonligi haqiqat. Bundan tashqari, jamoada haqiqiy ishchi muhit shakllangan. Muhandis, dizayner yoki oddiy xodim bo‘lsin, o‘zining bor salohiyati bilan ishlashi, tashabbusi korxona rahbariyati tomonidan rag‘batlantiriladi. Bu ish vaqtining samaradorligini oshiradi.

Balki shu boisdan ham kompaniya birinchilardan bo‘lib, bolalar o‘yin maydonlari, ovoz berish qutilari, fizika va kimyo xonalari uchun to‘plamlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yib, yaqin xorij mamlakatlariga eksportni yo‘lga qo‘ydi. Ta'kidlash o‘rinliki, korxonada ishlab chiqilgan chinni va sopoldan yasalgan hadyabop mahsulotlar O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarda ham katta qiziqish uyg‘otadi.

«Yaxshiroq, sifatliroq va chiroyliroq ishlab chiqish» - korxonaning qayd qilinmagan shioriga aylanib ulgurgan. Balki shundandir, bugungi kunda O‘zbekistonda «Sovplastital» mahsuloti kirib bormagan xonadon yoki oila topilmasa kerak.

Endilikda, «Sovplastital» mas'uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi davlat korxonasining ayrim bino va inshootlarini xususiy tadbirkorlar yoki ko‘chmas mulk xarid qilishni istagan sarmoyadorlarga bozor qiymatida sotishga qaror qilingani ham qayta ishlash sohasiga sog‘lom raqobatni joriy qilish yo‘lidagi dadil qadam deyish mumkin.

«Sovplastital» MChJ boshqaruvi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini ta'minlash maqsadida quyidagi bino va inshootlarini sotishga qaror qildi. Ko‘chmas mulk obektlari belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ochiq savdolarda bozor narxida sotiladi:

1) 4 qavatli ishlab chiqarish binosi(sobiq 35-yotoqxona binosi) va uning atrofidagi hududlar;
1-ko‘chmas mulk obektining joylashuv xaritasi
2) Bir qavatli ishlab chiqarish binosi hududi bilan
2-ko‘chmas mulk obektining joylashuv xaritasi

​Baholash ishlari natijasiga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan ko‘chmas mulk obektlarining narxi haqida alohida e'lon qilinadi.

Korxona manzili: O‘zbekiston, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 29A

Veb-sayt: www.sovplastital.uz

Facebook: fb.com/profile.php?id=100012581626792

Savdo bo‘limi: +998951469801

E-mail: info@sovplastital.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: