Salomatlik uchun xavfli bo‘lgan smartfonlar ma'lum qilindi

Fan-texnika 12:34 / 09.02.2019 50015

Mutaxassislar tadqiqot o‘tkazishdi va nurlanish darajasi bo‘yicha inson salomatligiga eng katta xavf uyg‘otuvchi telefonlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu haqda Statista statistika portalining tvitterida xabar berilgan. 

Reytingga ko‘ra, bugungi kunda insoniyat tomonidan ishlatiladigan deyarli barcha telefonlarni radiatsiya darajasi yuqori bo‘lgani sababli xavfli, deb atash mumkin.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, nurlanish darajasi1,75 Vt/kg bo‘lgan Xiaomi Mi A1 (2017 yilda ishlab chiqarilgan) eng xavfli smartfonga aylandi. Ikkinchi zararli gadjetga OnePlus 5T bo‘ldi - 1,68 Vt/kg, keyin 1,58 Vt/kg bilan Xiaomi Mi Max 3. Ta'kidlanishicha, reytingdan nurlanish darajasi 1,38 Vt/kg va 1,32 Vt/kg bo‘lgan Iphone 7 hamda Iphone 8 ham joy oldi.

Ro‘yxatdagi aksariyat o‘rinni Xiaomi, OnePlus va HTC brendlarining modellari egalladi.

Olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, sotib olish uchun rasman mavjud bo‘lgan telefonlar SAR - 1,6 Vt.gacha ruxsat etilgan darajaga mos kelishi kerak.

SAR - gadjetdan foydalanish chog‘ida bir soniyada inson organizmiga nurlanish ta'sir darajasini ko‘rsatuvchi tasnif. 

Ko‘proq yangiliklar: