Reshford - Angliyada yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Sport 09:13 / 09.02.2019 1431

«Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-Ligasi tomonidan yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

21 yoshli futbolchi o‘tgan oyda 4ta o‘yinda 3ta gol urdi, uning jamoasi esa 3 marta g‘alaba qozonib, 1 marta durang o‘ynadi.

Reshford sovrin uchun kurashda jamoadoshi Viktor Lindelyof, darvozabon Tom Hiton («Byornli»), hujumchi Joshua King («Bornmut»), hujumchi Aleksandr Lyakazett («Arsenal») va yarimhimoyachi Jyeyms Uord-Prausni («Sauthempton») ortda qoldirdi.

Qayd qilish joizki, afsonaviy Aleks Fergyuson 2013 yilda «Manchester Yunayted»ni tark etganidan so‘ng, bu sovrinni Antoni Marsial va Zlatan Ibrahimovich 1 martadan qo‘lga kiritishgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: