Qashqadaryoda «Sho‘rtangazkimyo» ishchisiga nisbatan talonchilik qilganlar ushlandi

Jamiyat 15:29 / 09.02.2019 8627

2019 yil 4 fevral kuni soat 19:20larda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi A.K., Sh.A., E.N. va Muborak tumanida yashovchi N.Sh. Mustaqillik ko‘chasida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi ishchisi U.A.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 505 000 so‘m puli va “IPhone” mobil telefonini olib, voqea joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma'lum qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: