​Navoiy ijodidan xabardorlar Toshkent metropoliten xizmatidan bepul foydalandi

Jamiyat 15:18 / 09.02.2019 7608

Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan 8 fevral kuni Respublika Bolalar kutubxonasi Toshkent shahrida aksiya tadbirini o‘tkazmoqda, deya xabar bermoqda kutubxona direktori Doniyor O‘rolov.

Foto: O‘zA

Kun.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, Alisher Navoiy metro bekatida yo‘lovchilarga shoirning ijod namunalari taqdim etildi, uni yoddan ifodali aytib bera olganlar esa metro xizmatidan bepul foydalanishdi.

Foto: O‘zA

Aksiya tadbirida faol ishtirok etganlarga Navoiy ijodiga mansub badiiy adabiyotlar hamda kutubxona tomonidan nashr etiladigan «Bolalar adabiyoti» jurnali sovg‘a qilindi.

Foto: O‘zA
Foto: O‘zA
Foto: O‘zA

 

Ko‘proq yangiliklar: