La Liga. Madrid derbisida «Real» g‘alaba qozondi

Sport 22:14 / 09.02.2019 17398

Ispaniya chempionatida 23-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi. 

«Atletiko» o‘z maydonida «Real» bilan bellashdi va 1:3 hisobida yutqazdi.

16-daqiqada Kazemiro qaychi uslubida zarba yo‘llab, hisobni ochdi. 25-daqiqada Grizmann darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, hisobni tenglashtirdi. 42-daqiqada Ramos penaltini aniq amalga oshirdi. 74-daqiqada jarima maydoniga yorib kirgan Beyl darvoza burchagini aniq nishonga olib, yakuniy hisobning 3:1 bo‘lishini ta'minladi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 45 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi, «Atletiko» 44 ochko bilan 3-o‘ringa tushdi.

La Liga, 23-tur
Atletiko – Real Madrid 1:3 (1:2, 0:1)
9 fevral, «Vanda Metropolitano» stadioni 
Gollar: 0:1 – 16 Kazemiro, 1:1 – 25 Grizmann, 1:2 – 42, penalti Ramos, 1:3 – 74 Beyl. 
Atletiko – Oblak, Ximenes, Lyuka Ernandes, Aryas, Godin, Parti, Saul, Lemar (Vitolo, 59), Korrea (Rodri Ernandes, 65), Morata (Kalinich, 71), Grizmann.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Regilon, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Vaskes, Kroos (Sebalos, 84), Vinisius Junior (Beyl, 57), Benzema (Dias, 89).
Ogohlantirishlar: Vaskes (22), Grizmann (24), Ximenes (41), Lyuka Ernandes (58), Parti (62), Regilon (64), Modrich (66), Morata (68), Saul (72).
Chetlatish: Parti (80).

Ko‘proq yangiliklar: