Ijtimoiy so‘rovnoma: Siz amaldorlarni taniysizmi? – Qashqadaryo viloyati hokimi

Jamiyat 20:43 / 09.02.2019 37466

Kun.uz tahririyati bir muddat avval o‘zining yangi «Siz amaldorlarni taniysizmi?»  loyihasini taqdim etgandi. Bunday ijtimoiy so‘rovni o‘tkazishdan maqsad - joylarda (viloyatlar kesimida) faoliyat yuritayotgan mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari xalq orasiga qanchalik kirgani va o‘z mansab vakolatini qanchalik odilona olib borayotganini o‘ziga xos uslubda aniqlashdan iborat. 

Demak, navbatdagi so‘rov Qashqadaryo viloyatiga safar chog‘ida o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevni fuqarolar qanchalik taniy olishlari o‘rganildi. Quyidagi videolavhada hokimni ushbu hudud aholisi qanchalik yaxshi bilishlariga baho berish mumkin.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube 

Ma'lumot uchun: Zafar Ro‘ziyev bu lavozimda 2013 yilning sentabr oyidan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Zafar Ro‘ziyev

Albatta, ijtimoiy so‘rovnoma, avval ham ta'kidlanganidek, qaysi amaldor qanchalik taniqli bo‘lishi barobarida uning o‘z hududida olib borayotgan ishlari qoniqarli yoki qoniqarsiz, yoxud oddiy xalq vakillarining siyosiy-ijtimoiy bilim saviyasini baholashdan yiroq. Bunday mezon qo‘yilgani ham yo‘q. Shunchaki, holatni ochiq-oydin ko‘rsatishdir, xulosa har kimning o‘ziga havola.

Kun.uz muxbirlari bungacha vodiy viloyatlari hokimlari, shuningdek, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimlari bo‘yicha ham shunday so‘rovnomalar o‘tkazgandi.

Ko‘proq yangiliklar: