Amazon avtomobillar bo‘yicha startapga investitsiya kiritmoqda. U Google va Tesla’dan chiqqanlar tomonidan yaratilgan 

Fan-texnika 14:57 / 09.02.2019 4454

Google’ning avtomobil bo‘linmasi sobiq boshlig‘i rahbarlik qilayotgan, haydovchisiz texnologiyalar startapi Aurora Innovation katta investorlar guruhi, shu jumladan, Amazon’dan yarim milliard dollar (500 000 000 $) miqdorida moliyalashtirish oladi. Bu onlayn-savdo giganti o‘zini o‘zi boshqaruvchi transport dunyosida faol ishlayotganligining aniq belgisidir.

O‘tgan oy oxirida Embark o‘zini o‘zi boshqaruvchi startapi Amazon yuklarini sinov uchastkalarida olib o‘tayotgani ma'lum bo‘lgandi. Bir hafta oldin, Amazon Scout nomli avtomatlashtirilgan kichik robot yetkazib beruvchini ishlab chiqqani haqida e'lon qildi.

«Bizning fikrcha, yo‘llardagi muvaffaqiyatli avtonomiya xavfsizroq yo‘llar yaratadi va uzoq masofalardagi haydovchilar uchun ish sharoitlarini yaxshilaydi».

Amazon kompaniyasi avtomobil sanoatining turli sohalarida faol ishlamoqda. U Alexa’ga ega uskunalar panelini chiqardi hamda ovozli yordamchini bir nechta avtomobilga integratsiyalashtirdi. O‘tgan yili kompaniya avtomobil yukxonasiga qadar yetkazib berish xizmati haqida e'lon qildi.

Amazon'ning avtomatlashtirish bo‘yicha ambitsiyalari yangi emas: kompaniya ko‘p yillar davomida uchuvchisiz dronlar ustida ishlamoqda va, mish-mishlarga ko‘ra, uy robotini ishlab chiqmoqda. Ammo Aurora’ga sarmoyalar - bu kompaniya va avtomatlashtirilgan boshqaruvga ega yengil avtomobillar o‘rtasidagi birinchi ochiq aloqa.

Hech qaysi kompaniya Amazon 530 million dollardan qaysi qismni investitsiya qilgani haqida xabar bermadi (Aurora jami 620 million dollarni jalb etdi).

Aurora 2016 yilda Kris Urmson tomonidan, u Google avtomobil dasturidagi o‘z lavozimini tark etganidan so‘ng tashkil etilgan. (U ushbu dastur Waymo deb o‘zgartirilgandan bir necha oy oldin ketgan). Urmson Tesla’da Autopilot jamoasini boshqargan Sterling Anderson va Uber avtonom bo‘linmasi sobiq rahbari Dryu Bagnellni ishga qabul qildi.

O‘shandan beri kompaniya o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobillar uchun dasturiy ta'minot ustida ishlab kelgan. Aslida, Aurora avtomatlashtirilgan transport uchun bosh tizimni yaratmoqchi, keyin esa avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilib, ularning avtomobillariga o‘z ishlanmalarini joriy etmoqchi. 2018 yilning boshida Aurora Volkswagen va Hyundai birinchi xaridorlari bo‘lishini e'lon qildi, oradan bir necha oy o‘tib, Byton elektrmobil startapini ro‘yxatga qo‘shdi.

Ko‘proq yangiliklar: