Xavi Messini Qatarga chorladi

Sport 23:10 / 08.02.2019 16825

«Barselona» klubining sobiq yarimhimoyachisi Xavi kataloniyaliklar yetakchisi Lionel Messini Qatarga chorladi.

39 yoshli ispaniyalik «As-Sadd» klubidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiy bo‘lishni rejalashtirmoqda. 

Tribalfootball xabariga ko‘ra, u jamoasi safida Lionel Messini ko‘rishni istamoqda va 31 yoshli sobiq jamoadoshiga taklif jo‘natgan.

Hozircha Messining javobi qanday ekani ma'lum emas. Uning «Barselona» bilan imzolagan shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: