Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada Huawei qurilmalari xavfsizlikka tahdid yuzasidan tekshiriladi

GFR axborot texnikasi xavfsizligi bo‘yicha federal muassasasi (BSI) Huawei kompaniyasi Germaniya telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanuvchilarining ma'lumotlarini Xitoy organlariga berilishi ehtimolini tekshiradi. Bu haqda GFR iqtisodiyot va energetika vaziri Peter Altmayyer ma'lum qildi.
"Buni faqat mutaxassislar tekshirishi mumkin", dedi vazir. "Buning uchun BSI jalb etildi", - ma'lum qildi u.
Shu bilan birga u GFR hukumatida Huawei qurilmalari Germaniya xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘qligini bildirdi.
"Xorijiy davlatlar ana shunday xavotir bildirdi", - dedi u.
Huawei AQSh va Avstraliya uni texnik josuslik va o‘z qurilmalari yordamida maxfiy ma'lumotlarni yig‘ishda ayblaganidan so‘ng iqtisodiy sanksiyalar xavfi ostida qoldi. Ushbu ayblovlar ortidan AQSh so‘roviga asosan Kanadada o‘tgan yilning 1 dekabrida Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjou qo‘lga olindi. O‘z navbatida 11 yanvar kuni Polshada Huawei xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilishda ayblanib hibsga olindi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

12:30 / 11.07.2025
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor

09:46 / 11.07.2025
Mers AQSh bilan birgalikda Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish niyatida

07:39 / 11.07.2025