O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi?

O‘zbekiston 17:56 / 07.02.2019 141072

2018 yil 12 noyabrdagi PF-5574-sonli Prezident Farmoni bilan 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanib, dam olish kunlari ko‘chirilgan edi.

Mazkur farmon asosida mart oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu masala yuzasidan qisqacha sharh berib o‘tiladi.

Eng avvalo, haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta'sir qilishini unutmaslik kerak. Ya'ni, 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 13 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 8 kun dam olishadi.

Masalan, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, 5 kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi.

Endi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanishiga guvoh bo‘lamiz.

Haftasiga 5️ kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar (4 kun ketma-ket) dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

23 mart – shanba;

24 mart – yakshanba.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

21 mart – payshanba (Navro‘z bayrami);

22 mart – juma (qo‘shimcha dam olish kuni);

24 mart – yakshanba.

Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 23 mart (shanba) kuni ishga chiqishlari lozim.

Xushnudbek Xudayberdiyev, huquqshunos

Ko‘proq yangiliklar: