Shvetsiyaning Volvo kompaniyasi mashinalari yukxonasidagi elektroprivod bilan bog‘liq muammolar sababli butun dunyodan 167 ming avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda Sveriges Radio ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, XC60 modellar qatoriga tegishli,. 2018-2019 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar qaytarib olinadi.
Kompaniyaning ogohlantirishicha, sovuq havoda yukxona eshigini harakatga keltiruvchi element ishlamay qolishi mumkin. Kamdan-kam holatda bu muammo jarohatga olib kelishi mumkin, biroq hali bunday holatlar qayd qilinmagan.
Avvalroq joriy yilda kompaniya yonilg‘ini uzatish tizimidagi nosozlik sababli 200 mingdan ko‘proq avtomobilini qaytarib olishiga to‘g‘ri kelgandi.