AQSh va Gretsiya harbiy mashqlar o‘tkazgani oshkor bo‘ldi

Foto: REUTERS
Yanvar oyida AQSh va Gretsiya Olimp tog‘ining etagida harbiy mashqlar o‘tkazdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar shartli raqib tomonidan urib tushirilgan vertolyot ekipajini qutqarish bo‘yicha vazifalarni bajarishda harakatlarni o‘zaro muvofiqlashtirib olishgan.
Ta'kidlanishicha, mashqlar AQSh va Gretsiya armiyasi bo‘linmalarining vertolyotlardan tushishini nazarda tutgan.
Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, ikki mamlakat mashqlari Gretsiyada AQSh harbiy ishtiroki kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy qirg‘oqlarida AQSh harbiy kemalari paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid

11:02
AQSh Ta’lim vazirligi xodimlarining deyarli yarmini qisqartiradi

08:30
AQSh Ukrainaga yordam taqdim etishni tikladi

18:09 / 11.03.2025
Trampni qo‘llab-quvvatlagan biznes elita milliardlab dollar yo‘qotdi

17:26 / 11.03.2025