Urganch shahridagi paxta yog‘i saqlanayotgan «yama» faoliyatiga chek qo‘yildi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari bilan hamkorlikda Urganch shahri hududida sifatsiz, qo‘lbola usulda quyilgan paxta yog‘i mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarni aniqlash maqsadida tezkor tadbir o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda DBQ axborot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, Urganch shahrida yashovchi fuqaro R.S o‘ziga tegishli bo‘lgan omborxonada 4750 litr qo‘lbola usulda quyilgan paxta yog‘i mahsulotlarini qayta sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.
«Dastlabki hisob kitoblarga ko‘ra mazkur sanitariya-gigiyena talablariga mutlaq javob bermaydigan ombordagi sifatsiz yog‘ning umumiy qiymati 57,5 million so‘mni tashkil qildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda», — deyiladi qo‘mita axborotida.
Mavzuga oid

16:15 / 19.01.2025
Urganchdan Qo‘ng‘irotga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:04 / 18.11.2024
Urganch shahriga 50 ta zamonaviy avtobus keltirildi

10:31 / 15.11.2024
Urganch va A380 trassasi o‘rtasidagi 81 km yo‘l rekonstruksiya qilinadi

21:21 / 13.11.2024