“Gitlerning yo‘qolgan floti” Qora dengizda topildi

Qora dengiz tubida Ikkinchi jahon urushi zamonlaridagi uchta nemis suv osti kemasi aniqlandi. Kemalarni turkiyalik dayver va dengiz muhandisi Selchuk Kolay topgan.
Kolay 10 yildan ko‘proq qidirish ishlarini olib borgan, deb xabar berdi TRT Haber telekanali. Dastlab u bir dona submarina – U-23’ni uchratgan. Biroq keyinroq hujjatli film suratga olish vaqtida Turkiya harbiy-dengiz kuchlari kemasi yana ikkita kema: U-19 va U-20’ni topgan.
Ushbu suv osti kemalari nemis armiyasi tomonidan sobiq ittifoqqa qarshi qo‘llangan. Ruminiya sobiq ittifoq tomonga o‘tgandan keyin kemalar ekipaji tomonidan cho‘ktirib yuborilgan. O‘tgan yillar ichida kemalarning aniq joylashgan o‘rni noma'lum bo‘lib qolgan va shu sababli u “Gitlerning yo‘qolgan floti” deb ham yuritilgan.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

12:42 / 08.03.2025
Rossiyaning «soyadagi» floti operatorining sof foydasi ikki baravar kamaydi

20:52 / 05.03.2025