Qirol oilasi shaxsiy shifokorining salomatlik va yoshlikni saqlashda yordam beradigan 5 ta oddiy maslahati

Light 18:06 / 02.02.2019 20208

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 92 yoshda, biroq yil davomida bir necha mingta tadbirlarga tashrif buyurishga ulguradi va hali ham mamlakat boshqaruvi uchun muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi. O‘zini yaxshi his etishining garovi – nafaqat ajoyib salomatlik, balki professional yordam hamdir. Omadni qarangki, hazrati oliyalarining shaxsiy shifokori Mosaraf Ali o‘z sirlarini keng omma vakillariga ulashdi.

Yelizaveta II ning shaxsiy parhezshunosi qalamiga mansub «Salomatlik va uzoq umr ko‘rish uchun Sharq va G‘arb amaliyotlari» kitobidan eng muhim qaydlarni e'tiboringizga havola etamiz. Bu qirol oilasining a'zolari amal qiladigan sog‘lom turmush tarzining asosiy tamoyillaridir.

Foto: © itsmevichet / imgur   © QJosephP / reddit

Turmush tarzi to‘g‘ri bo‘lganida kasalliklarning 80 foizi shifokorlar aralashuvini talab etmaydi

Shifokor Ali o‘z kitobida yetkazmoqchi bo‘lgan muhim jihat – agar sog‘lom bo‘lsangiz, ko‘plab muammolarni organizmingizning o‘zi yenga oladi. Shamollashlar, kesib olishlar, kichik yallig‘lanishlar, jarohat va sinishlar – sog‘lom tanada bularning bari tezda va shifokorlarning minimal aralashuvisiz o‘tadi.

Vazifamiz –tashqi va ichki hujumlarni yengishi uchun tanadagi tartibni saqlashdan iborat.

Foto: © eastnews   © eastnews

Qay darajada sog‘lom ekaningizni qanday tushunish mumkin?

Jismoniy holatingiz qanday ekanligini quyidagi omillar orqali tushunish mumkin:

  • Jismoniy va ruhiy chidam: sog‘lom odamlar tetik holda uyg‘onadi, kunni faol o‘tkazib, kechga borgandagina charchaydi.
  • Qaddini tekis tutish: organizmdagi suyak, mushak va asablar joyida ekanini anglatadi.
  • Sog‘lom uyqu: sog‘lom kishilar tezda uxlab qoladi va qattiq uxlaydi.
  • Tiniq nigoh: u qon aylanishi yaxshi ekanini bildiradi.
  • Yaxshi ishtaha: sog‘lom kishilar ovqatga nafrat va kuchli istakni his etishmaydi. Ular muntazam va huzur bilan ovqatlanishadi.

Ajinlar, ko‘zlar ostidagi xalqalar va boshqa «kamchiliklar» har doim ham muammolarni bildirmaydi. Barchamizning genlarimiz va jismoniy o‘ziga xosligimiz turlicha. Aynan shu jihatlar qarish sur'ati va uning belgilarining aks etishini aniqlaydi.

Maslahat: birinchi navbatda salomatlik bilan bog‘liq tashqi belgilarga e'tibor bering. Agar tezroq charchayotgan, yomon uxlayotgan, kamroq ovqatlanayotgan yoki aksincha ortiqcha ovqat iste'mol qilayotgan bo‘lsangiz – bu shifokorga murojaat etish uchun sabab bo‘ladi.

Foto: © depositphotos

Sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni til orqali aniqlash mumkin

Til – organizmda yuz berayotgan holatni a'lo darajada aks ettiruvchi indikator. U orqali quyidagi kamchiliklar mavjudligini aniqlash mumkin:

  • Til chetlaridagi tishlar izlari – gastrit va oshqozon kislotasining yuqoriligini bildiradi.
  • Qizg‘ish rangdagi tilning uchi ko‘pincha yurak bilan bog‘liq muammolar va tezkor uglevodlar – shokolad va boshqa shirinliklarni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilishni anglatadi.
  • Kulrang karash va til yuzasining notekisligi jigar bilan bog‘liq muammolarga ishora qiladi.
  • Tildagi chuqur izlar oshqozon yarasi va o‘tkir gastrit mavjudligini bildiradi.
  • Shaffof so‘lakli ajinli til - organizmda suyuqlik yetishmovchiligi signali.

Maslahat: ko‘zguga qaraganingizda hech bo‘lmaganda ba'zi-ba'zida tilingizga qarang. Agar rang o‘zgargan, bosqin va notekisliklar paydo bo‘lgan bo‘lsa bu – shifokorga murojaat etish uchun sabab.

Foto: © eastnews   © pixabay

Angliya qirolichasi uchun ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar

Ovqatlanish – salomatligimizning muhim tarkibiy qismi. Uzoq umr kechirishni istaganlarga shifokor Ali quyidagi maslahatlarni beradi:

  • Imkoni boricha fermerlik mahsulotlarini tanlang.
  • Konservalangan meva va sabzavotlar o‘rniga yangi uzilganlarini iste'mol qiling.
  • Oqsilni yetarli darajada tanovul qiling. Vegetarianlar hayvon oqsili o‘rnini tofu, tvorog, bodom suti va boshqalar bilan to‘ldirishlari mumkin.
  • Meva sharbatlarini sabzi, selderey, olma va zanjabil bilan almashtiring.
  • Kuniga 6-8 stakan suv iching.
  • Qizil go‘shtni kamroq yeng – uni tovuq va kurka go‘shtiga almashtiring.
  • Achitqi solingan, yog‘li taomlar, pishloq, qo‘ziqorin va sitrus mevalar (apelsin va mandarinlardan tashqari)dan voz keching. Tuzni iloji boricha kamroq istemol qiling.
  • Haftasiga bir marta yengil ovqatlanadigan kun tashkil eting: faqat mevalar va sabzavotli sho‘rvalar yeng va suv iching.

Maslahat: Ratsioningizga e'tibor bering. Ehtimol fermer tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarni topish hamma uchun ham qulay emasdir. Biroq dudlangan, qovurilgan, fastfud va zararli yeguliklardan voz kechish barchaning qo‘lidan keladi.

Nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun mos keladigan taomlar

Iste'mol qilinayotgan yeguliklarning nafaqat miqdori va sifati, balki uni yeyish vaqtlari ham muhim. Kundalik ratsionni tuzish bo‘yicha shifokor Ali quyidagi maslahatlarni beradi:

  • Tongda yengil, biroq oqsilga boy mahsulotlarni iste'mol qiling: tuxum, bodom, tvorog. Ularni mevalar, boshoqlilardan tayyorlangan bo‘tqa va yogurtlar a'lo darajada to‘ldiradi.
  • Nonushta emas, tushlik eng kaloriyali bo‘lishi lozim. Eng yaxshi birikma – sabzavotlar + oqsillar +uglevodlar. Masalan: salat, bug‘da pishirilgan kurka go‘shti va kartoshka. Tushlikda o‘ta shirin bo‘lmagan desertni yeyish mumkin.
  • Kechki ovqat yengil bo‘lishi kerak. Yaxshisi uni soat 19:00–20:00 gacha tugatgan ma'qul. Achchiq, og‘ir taomlar va shirinliklardan voz keching – ular uzoq hazm bo‘ladi va uyquni yomonlashtiradi.

Maslahat: bir hafta uchun menyuni oldindan tuzing va ishxonaga o‘zingiz bilan sog‘lom yegulikni oling. «Og‘ir» taomlarni kunning birinchi qismida iste'mol qilishga harakat qiling.

Foto: © eastnews   © eastnews

Gavdaning to‘g‘riligi – salomatlik va go‘zallik garovi

Shifokor Ali o‘z kitobida gavdani to‘g‘ri tutishga yordam beradigan mashq – «Aleksandr texnikasi»ni tavsiya qiladi:

  • Turing va o‘tiring.
  • Boshingizni tekis tuting – tasavvur qiling, uni kimdir yuqoriga tortyapti.
  • Yelkalaringizni orqaga shunday tortingki, bu siz uchun qulay bo‘lsin.
  • Yelka va bo‘yin mushaklaridagi zo‘riqish ketishini his etguningizcha dahaningizni ko‘taring.

Maslahat: Orqangiz, bo‘yin va yelkalarda zo‘riqishni his etishingiz bilanoq «Aleksandr texnikasi»ni qo‘llang. Gavdani to‘g‘ri tutish uchun uni muntazam ravishda takrorlang.

Ma'lum bo‘lishicha, qirollik oila vakillarining sog‘lom turmush tarzi tamoyillari u qadar murakkab emas va barcha uchun mos keladi.

Sizda ham o‘zingizni har tomonlama yaxshi his etishga yordam beradigan sinalgan retseptlar bormi?

Ko‘proq yangiliklar: