Amazon’ning kapitallashuvi 40 mlrd dollarga «quladi»

Fan-texnika 13:53 / 02.02.2019 5159

Amerikaning Amazon korporatsiyasi kapitallashuvi 40 milliard dollarga «quladi», deb xabar bermoqda TASS.

Aniqlik kiritilishicha, NASDAQ birjasining juma, 1 fevral kungi savdolari ochilishida korxona aksiyalari 4,65%gacha tushib ketib, har bir aksiya uchun 1638,88 dollarni tashkil qildi.

Natijada, korporatsiyaning kapitallashuvi 800 milliard dollardan pastga tushib ketgan.

Ta'kidlanishicha, 2018 yil uchun hisobot davrida uning sof foydasi 10,1 mlrd dollarni, daromad esa - 177,9 mlrd dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amazon yana dunyoning eng qimmatbaho kompaniyasiga aylangandi.

Ko‘proq yangiliklar: