Facebook Eron bilan bog‘liq 262 sahifa, 356 akkaunt va uchta guruhni o‘chirib tashladi. Instagram’dan esa bu davlat bilan aloqador 162 soxta akkaunt o‘chirildi. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi o‘chirilgan sahifa va guruhlarning 2 mlndan ortiq obunachisi bo‘lgan.
«Ayrim hollarda ularda Eron davlat ommaviy axborot vositalarining axborotlari aks etgan», — deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.
Bu axborotlarning aksariyati Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq aholisiga mo‘ljallanganligi aytilmoqda.
Yanvar oxirida Twitter Eronda 284 akkauntni bloklagan, Venesuelada esa qariyb 2 mingta akkauntni o‘chirgan. Qayd etilishicha, mingdan ortiq akkauntlar Venesuela prezidenti manfaatlarini qo‘llab-quvvatlashda ishtirok etgan.
Rossiyada esa Twitter 416 akkauntni o‘chirgan (avvalroq Rossiya bilan bog‘liq 3,8 ming akkaunt bloklangandi).