Google qonun talabini bajarmagani uchun 500 ming rubl miqdorida jarima to‘ladi. Bu haqda Roskomnadzor matbuot kotibi Vadim Ampelonskiy ma'lum qildi.
«Google jarima to‘ladi. Pul hisob raqamimizga kelib tushdi», — dedi Ampelonskiy.
Roskomnadzor o‘tgan yilning dekabrida internet qidiruvda Rossiyada taqiqlangan saytlarni ko‘rsatmaslik haqidagi qonunni buzgani uchun Google’ga 500 ming rubl jarima tayinlagandi.
2018 yil 1 oktyabrda Rossiyada yangi qonun kuchga kirgan bo‘lib, qidiruv tizimlari taqiqlangan axborot manbalari reyestriga ulanishi va ushbu reyestrdagi saytlar qidiruvda aks etmasligini nazorat qilishi lozim.