Lada O‘zbekistonda brendni rivojlantirish uchun juda katta salohiyatni ko‘rmoqda, deya ma'lum qildi «AvtoVAZ»ning savdo va marketing bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Yan Ptachek. Bu haqda «Metagazeta» yozmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda eksport sotuvlarini rivojlantirishni rejalashtirmoqda, biroq, birinchi navbatda, Qozog‘iston, Belarus, O‘zbekiston kabi MDH mamlakatlariga e'tibor qaratishni xohlayapti.
Yil boshida 2018 yilda Lada’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 57 foizga o‘sgani, mamlakat esa Rossiya kompaniyasi uchun asosiy eksport bozorlaridan biriga aylangani ma'lum bo‘lgandi.
O‘tgan yili kompaniya 2018 yil 10 oyi mobaynida O‘zbekistonda 2,1 ming dona avtomobil sotganini xabar qildi. Lada Vesta oilasidagi avtomobillar yetakchi pozitsiyani egallab turibdi, ular hissasiga sotuvlarning 30%dan ortig‘i to‘g‘ri keladi.
Rossiya avtomobil sanoatining O‘zbekistondagi faoliyatni kengaytirish rejalari haqida 2018 yil aprelida ma'lum bo‘lgandi.