Har oyda O‘zbekistonliklar OK xizmati orqali 1 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradilar, ijtimoiy tarmoqdagi videolar esa 20 million martadan ortiq tomosha qilinadi. Eng yuqori o‘sish sur'ati 2018 yilning ikkinchi yarmida qayd etildi – faol foydalanuvchilar soni 2 milliondan oshdi. Tadqiqotlar O‘zbekistonda joylashgan foydalanuvchilar asosida olib borilgan.
Har oy O‘zbekistonda OK'ga 2 milliondan ko‘p foydalanuvchilar kiradi, bunda 2018 yilning ikkinchi yarmidagi foydalanuvchilar sonining o‘sish sur'ati so‘nggi bir necha yillar ichidagi eng yuqori o‘sish deb qayd etildi. O‘zbekistonlik foydalanuvchilarning asosiy qismini erkaklar tashkil qiladi: erkak foydalanuvchilar ulushi 77 foizni tashkil etdi. Davraning asosiy qismini 18-25 va 26-35 yoshdagi kishilar tashkil etadi.
Muloqot
MDH davlatlari o‘rtasida o‘zaro xabarlashuvlarda O‘zbekistonliklar barchadan ko‘ra faolroq bo‘lib chiqdilar: kunlik auditoriyaning 32 foizi ushbu xizmatdan foydalanadi. Solishtirish uchun jahon bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich – OK davrasining 25 foizini tashkil etadi.
O‘zbekistonliklar ko‘proq OK'ning mobil ilovasidan foydalanadilar (1 million foydalanuvchi). 2018 yilda Odnoklassniki ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni, shu jumladan ommaviy guruhli qo‘ng‘iroqlarni qayta ishga tushirdi. Sun'iy intellekt negizidagi xususiy moslashuvchan texnologiya yordamida ommaviy konferensiyaga aloqaning yuqori sifatini saqlagan holda 100 tagacha foydalanuvchilarni ulash imkonini beradi. O‘zbekiston hududida ovoz va videoqo‘ng‘iroqlar soni oyiga 1,1 millionga yetdi.
Kontent
OK'ning faol va sodiq davrasi har kuni katta hajmdagi axborot almashishi bilan, tarmoqning yuqori faolligini saqlab kelmoqda. Foydalanuvchilar ko‘p hollarda ko‘rib chiqilgan qiziqarli kontentni muhokama qiladilar va uni o‘z akkauntlarida ulashadilar. Yangiliklar tasmasidagi e'lonlarni ko‘rish bir yilda 35 foizga o‘sdi. Bunda foydalanuvchilar brend kontentlarini muhokama qilishga faol jalb etilmoqdalar. Shu tariqa, 2018 yil yakunlariga ko‘ra, obunachilar soni bo‘yicha eng taniqli guruh O‘zbekistondagi yirik uyali aloqa kompaniyalardan birining hamjamiyati bo‘ldi.
2018 yilda har oyda e'lonlarga qo‘yiladigan “klass” baholari 50 milliondan oshdi, ularning jamlangan miqdori bir yil ichida 17 foizga ko‘paydi.
O‘zbekistonda videokontentga bo‘lgan talab ortib bormoqda: foydalanuvchilar va guruhlarga tegishli roliklarni bir oyda 215 milliondan ko‘p marotaba tomosha qilinadi.
OK'ning O‘zbekistondagi foydalanuvchilari har kuni nafaqat muloqot qiladi, o‘yin o‘ynaydi, video ko‘radi, balki musiqa ham tinglaydi. O‘zbekistonliklar o‘rtasida musiqa kontenti mashhurligi darajasi bir yil ichida 49 foizga oshdi.
Shu bilan birga OK jadal o‘sib borayotgan mobil o‘yinlari segmentlariga katta e'tibor qaratgan holda o‘zining xususiy o‘yin platformasini rivojlantirib bormoqda. Shu tariqa, 2018 yilda HTML5 mobil o‘yinlari ishlab chiqaruvchilari uchun chempionat o‘tkazildi. Ijtimoiy tarmoqda bir yil ichida 100 dan ko‘p yangi mobil loyihalar yuzaga keldi, ishlab chiqaruvchilarning daromadi 2,7 baravar oshdi. O‘zbekistonda mobil o‘yinlari davrasi oxirgi yil ichida 2,3 baravar o‘sdi.
OAV
Odnoklassnikida siyosiy mavzular va dolzarb yangiliklarni yoritib boruvchi OAVlar O‘zbekistonliklar o‘rtasida juda mashhurligicha qolmoqda. Ayniqsa, mahalliy OAVlari katta hurmatga ega. Obunachilar soni bo‘yicha eng yuqori 5 talikka kirgan OAV guruhlari qatorida Kun.uz, Daryo.uz kabi resurslar o‘rin oldi.
OK va biznes
Ijtimoiy funksiyalardan tashqari, OK foydalanuvchilar va biznesning qulay va samarali hamkorligiga katta e'tibor qaratmoqda. 2018 yilda OK media reklamasini joylashtirish uchun eng asosiy maydonchalaridan biri bo‘ldi. Yangi formatlarni ishlab chiqarish reklama hajmlarini ko‘paytirish va reklamani joylashtirish samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratdi. Videoreklama formati o‘sish sur'atlari bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. O‘zbekiston OK'ning reklamadan olgan tushumi bo‘yicha mamlakatlar o‘ntaligiga kiradi.