Yangi iPhone’lar lazerli 3D-kamera bilan jihozlanadi

Fan-texnika 14:36 / 31.01.2019 4692

Apple 2020 yildan o‘z smartfonlariga lazerli 3D-kamera bilan jihozlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Hozirda Apple 3D-kameralardan qiyofani aniqlash funksiyasi uchun foydalanmoqda, ular 25-50 sm masofada ishlay oladi. Yangi kameralar lazerli skaner bilan jihozlanadi va 5 metrgacha masofadan qiyofani aniqlaydi.  

Agentlik suhbatdoshining aytishicha, Apple Sony kompaniyasi bilan yangi tizim uchun uzatkichlarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi o‘z manbalariga tayanib 2019 yil kuzida taqdim etiladigan yangi Apple smartfonlariga uchta kamera o‘rnatilishi haqida xabar qilgandi.  

Bundan tashqari, Apple 2020 yildan suyuq kristalli displeylardan voz kechish va to‘laligicha OLED-ekranlarga o‘tishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: