​“Pervyy kanal” o‘z efirini “Odnoklassniki”da uzata boshladi

Fan-texnika 18:09 / 31.01.2019 4052

28 yanvardan boshlab “Pervyy kanal” o‘z televideniye efirini “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ida uzata boshladi. Endi foydalanuvchilar kanal yangiliklarini, seriallarni va shoularini ijtimoiy tarmoqdan chiqmagan holda, “Pervyy kanal”ning rasmiy guruhida yoki OK videovitrinasida tomosha qilishlari mumkin. Bugun soat 21.30 da nafaqat tomoshabinlar, balki “Odnoklassniki” foydalanuvchilari ham “Lanset” seriali premerasini tomosha qilishi mumkin. Bosh rolni Pavel Trubiner ijro etgan ushbu serial operatsiya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lib, tibbiy detektivga aylangan jarroh hikoyasini aks ettiradi.

OK “Pervyy kanal” efiri uzatiladigan birinchi ijtimoiy tarmoq bo‘ldi. Foydalanuvchilar uni har qanday moslamalarda, ya'ni ijtimoiy tarmoqning desktop va mobil versiyalarida, shuningdek iOS va Android ilovalarida tomosha qilishi mumkin. Shu tariqa, OKda barcha yangiliklarni, sport translatsiyalarini, seriallarni va “Pervyy kanal”ning “Golos”, “Vecherniy Urgant”, “Chto? Gde? Kogda?”, KVN boshqalar kabi bosh shoularini tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Ilgari “Pervyy kanal”ning ayrim loyihalarini “Odnoklassniki” orqali ko‘rish mumkin bo‘lgan. Bunda faqat 2018 yilning dekabr oyida OKda uikend davomida 5,5 mln. marta tomosha qilingan “Soyuz Spaseniya” filmining treyleri premerasi, xokkey bo‘yicha “Pervyy kanal” Kubogi translatsiyasi va “Golos” shousining final ko‘rsatuvlari taqdim etildi. 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi telekanal OKda o‘zining yangi yil efirini uzatdi, 2019 yilning yanvar oyida esa Vysotskiy nomidagi “Svoya koleya” mukofoti internet-translatsiyasini o‘tkazib, u 2,5 mln. dan ko‘p marta tomosha qilindi.

Endi telekanalning barcha kontenti jonli efir rejimida uzatiladi: foydalanuvchilar “Pervyy kanal”ning dasturlarini nafaqat tomosha qiladi, balki onlayn-chatda o‘z taassurotlarini boshqa tomoshabinlar bilan o‘rtoqlashadi, ayrim loyihalarda esa – kontent bilan interaktiv tarzda aloqa qilib, ovoz berishda ishtirok eta oladi.

“Pervyy kanal” va “Odnoklassniki” muntazam ravishda qo‘shma qamrab oluvchi loyihalarni tayyorlab bormoqda. Bunda 2017 yilda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yangi yil efiri uchun san'atkorlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi: ovoz berishda 1,3 million kishi ishtirok etdi. “Golos” shousining yakuniy mavsumida esa OK foydalanuvchilari sharhlari HbbTV interaktiv televideniyesi texnologiyalari yordamida integratsiya qilindi: mavsum davomida ijtimoiy tarmoqda shou va uning bosh qahramonlariga bag‘ishlangan bir necha mingta sharh e'lon qilindi.

Marina Krasnova, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘ining “Video” va OK Live mahsuloti bo‘yicha direktor:

- Oxirgi vaqt davomida “Odnoklassniki” professional videokontent yaratuvchilari uchun bosh onlayn-maydonchalardan biri bo‘ldi va biz ushbu yo‘nalishni rivojlantirishni davom ettirmoqdamiz. “Pervyy kanal” efiri uzatila boshlashi tomoshabinlarga OKda har qanday shou va dasturlarni tomosha qilish, bizning yangi interaktiv ijodiy studiyamiz esa “televizor bilan suhbatlashish” imkonini beradi va bularning barchasi ijtimoiy tarmoqdan chiqmagan holda amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan foydalanuvchilar u yoki bu dasturni tomosha qilish davomida darhol taassurotlarini do‘stlari va yaqinlari bilan o‘rtoqlashishi mumkin.

Larisa Krymova,“Pervyy kanal” jamoatchilik aloqalari va internetda uzatish direksiyasi direktori:

- Bir necha yirik loyihalarda “Odnoklassniki” bilan hamkorlik bizga internet-davrasining ta'sirlanishini onlayn-rejimda olish imkonini berdi. Bu biz uchun juda muhim, hamda bizning loyihalarimiz uchun yangi interaktiv opsiyalarni o‘ylab topishda yordam beradi. O‘ylaymizki, “Pervyy kanal” efirining OKda uzatilishi ushbu ijtimoiy tarmoqning ulkan davrasini hisobga olgan holda, bizga yetarli darajada keng tomoshabinlar fidbekini taqdim etadi.

Ko‘proq yangiliklar: