2018 yilda davlatlar markaziy banklari 1971 yildan beri rekord miqdorda – umumiy qiymati 27 mlrd dollarlik 651,5 tonna oltin sotib oldi. Bu esa 2017 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 74 foizga ko‘proqni tashkil qiladi. Bu haqda World Gold Council ma'lum qildi.
Oltin sotib olinishi hajmi oshishi bu qimmatbaho metallning Rossiya, Turkiya va Qozog‘iston tomonidan faol sotib olinishi bilan bog‘langan. Bu esa oltinning 2018 yil 1-yarmida 10 foizga qimmatlashishiga olib kelgan.
Zargarlik buyumlariga yil bo‘yicha talab deyarli o‘zgarmagan, u 2017 yilga nisbatan bor-yo‘g‘i 1 tonnaga oshgan.
Oltin tangalarga talab 5 yillik maksimumni (236,4 tonna) tashkil qilgan, oltin yombilarga esa odatiy diapazonda qolgan (781,6 tonna).