Bir sutkada orttirilishi mumkin bo‘lgan 20 ta ko‘nikma

Light 14:43 / 31.01.2019 9174

Ko‘p oylik kurslarga yozilish ham shart emas.

1.Rubik kubigini yig‘ish

Mashg‘ulotlar uchun kubikning o‘zi va biroz sabr kerak. Rang-barang boshqotirmani qanday yechish uchun esa YouTube’dagi ko‘plab videolarni tomosha qiling.

Masalan, mana bunisini:

2.Qahva tayyorlash

Bir sutkada ichimlikning bir necha o‘nlab turlarini tayyorlab ko‘rish mumkin. Biroq kofeinning xavfsiz dozasini oshirib yubormaslik uchun uni do‘stlar davrasida tatib ko‘rgan ma'qul.

3.Dasturlash

Ayonki, bir kunda IT bo‘yicha ustozga aylanmaysiz, biroq dasturchilar aynan nima bilan shug‘ullanishlari, bu kasb orzu qilishga arzishi yoki arzimasligini baholay olasiz.

Dasturlash bo‘yicha bepul intensiv onlayn-maktablarni izlang. Ularda JavaScript’dagi ishlanmalar asoslari tushuntiriladi. «Hello, world»’ni yozishdan tortib murakkab operatsiyalargacha bo‘lgan yo‘lni bosing. Tabiiyki, bu tushungan holda dasturlashga qaraganda ko‘proq mexanik takrorlash bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham sinab ko‘ring.

Yoki sodda o‘yinni mustaqil ravishda yozing va keyin uni o‘ynang.

4.Yangi xobbini o‘zlashtirish

Biror qo‘l mehnatini ishqiboz darajasida o‘rganish uchun bir sutka yetarli. Ilmoq va spitsalar yordamida qalpoqcha to‘qing yoki murakkab andozalar talab etilmaydigan quyoshcha yubkasini tiking, loydan oddiy o‘yinchoq yasang.

Zerikmaslik uchun mahsulot tezda tayyor bo‘ladigan loyihalarni tanlang.

5.Murakkab taom tayyorlash

Anchadan beri “Napoleon” pishirig‘i yoki bir necha soat talab etiladigan xolodets yoki boshqa biror taomni pishirish haqida orzu qilasizmi?

Hozir esa bir sutka vaqtingiz bor – deyarli istalgan taomni o‘zlashtirish va birinchi urinish omadli bo‘lmasa, hatto uni takrorlash imkoni ham bor.

6.Birinchi yordam ko‘rsatish

Bu kimningdir hayotini saqlab qolish mumkin bo‘lgan foydali ko‘nikma. Ko‘ngillini toping va sun'iy nafas oldirishga harakat qiling, shina qo‘ying, yarani bog‘lang. Bu harakatlar bo‘yicha tajribangiz bo‘lsa, favqulodda vaziyatlarda o‘zingizni yo‘qotmaslik imkoniyati ko‘proq.

7.Velosipedda uchish

Omadingiz kelsa, bunga bor-yo‘g‘i bir necha daqiqalar ketadi. Shuning uchun bir vaqtning o‘zida tormozlanish va rulni burishni o‘rganasiz. Ishoning, bu – muhim.

Muvozanatni ushlashdan boshlang.

Bu qanday ishlashini tushunganingizdan keyin pedallarni aylantiring. Umuman olganda, velosipedga o‘tirgan zahoti uni minib ketishingiz mumkin – bunaqasi ham bo‘ladi.

8.Musiqa asbobida oddiy qo‘shiqni chalish

Bu sizni mahoratli musiqachiga aylantirmaydi, biroq ziyofatlarda hisobingizga bir ball qo‘shishi aniq. Har qanday musiqa asbobi mos kelavermaydi. Bongo barabanlari, lab garmoshkasi, blokfleyta o‘zlashtirish uchun oson sanaladi.

9.Jonglyorlik

Ko‘p mashq qilishingizga to‘g‘ri keladi. Keyin esa buyumlarni ustamonlik bilan irg‘itib, o‘zingizga e'tibor qarata olasiz.

10.Gulqog‘ozlar yopishtirish

Kechki payt yopishtirilgan gulqog‘ozlar tongdagilariga qaraganda ancha yaxshi ko‘rinishda ekanini o‘zingiz ham payqaysiz.

11.Karta fokuslarini ko‘rsatish

Oddiyroq variantlarini tanlang, aks holda bir sutkada o‘rganishga ulgurmaysiz.

12.Qaynoq klavishlardan foydalanish

Orzuingizdagi klavishlarni bir marta o‘rganib oling va kompyuterda ishlash tezligini oshiring.

13.G‘ildiraklarni almashtirish

Buni mustaqil tarzda amalga oshirishga harakat qiling. Buning uchun batafsil yo‘riqnomadan foydalaning.

14.Anor tozalash

Bir necha usullar mavjud, barini sinab ko‘ring va eng yaxshisini tanlang.

15.Buyumlarni tartib bilan taxlash

Kelajakda javonni darhol tartibga solish uchun sevimli futbolkalaringizda mashq qiling. Turli usullarni sinab ko‘ring va sizga ko‘proq mos keladiganini toping.

Masalan, kiyimlarni dasta ko‘rinishida saqlashingiz mumkin, buning uchun uni tartibli to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida taxlash kerak. Yoki ularni vertikal ko‘rinishda Mari Konda usuli bo‘yicha taxlash mumkin.

16.Chizish

Bir sutkada ikkinchi Pikassoga aylanmaysiz, biroq ozgina iste'dodingiz bilan ham inson ko‘zi, qulog‘i yoki yuzini ishonarli ko‘rinishda tasvirlay olasiz.

17.Raqs tushish

Muvaffaqiyat uchun baletni emas, ijtimoiy raqslar – xastl, salsa yoki bachatani tanlang. Asosiy qadamlar murakkab emas, biroq juda chiroyli ko‘rinadi. To‘g‘ri, mashg‘ulotlar uchun sherik zarur. Aks holda “skibidi” raqsini o‘zlashtiring.

18.Budjetni rejalashtirish

Kunni moliyaviy reja tuzishga bag‘ishlang. Keyinchalik bu qanday amalga oshirilishini aniq bilasiz. Budjetni rejalashtirish pulni aql bilan sarflash va xarajatlarni taqsimlashda yordam beradi. Buni batafsil yo‘riqnoma yordamida amalga oshirish mumkin.

19.Ikkinchi qo‘l bilan yozish

O‘zingizda ambideksterni tarbiyalash haqida orzu qilgan bo‘lsangiz, yozuv mashqlaridan boshlang. Yetakchi qo‘l bilan yozish, doira va tayoqchalar chizishni qanday o‘rganganingizni esga oling. Qoniqarli natijaga erishmaguncha yana shu yo‘lni bosib o‘ting.

20.Morze alifbosi signallarini berish

Nuqta va tirelar birikmasini tushunib olgach, sirli xabarlarni yubora olasiz. Muhimi, oluvchi Morze alifbosini bilsa bo‘lgani. Aks holda jo‘natmalar uning uchun ham sirliligicha qoladi.

Morze alifbosining kodli jadvali

Siz bu jadvalga yana nimalarni kiritgan bo‘lardingiz? 

Ko‘proq yangiliklar: