Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasida yettita yangi lavozim joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 178 nafar bo‘lgan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga masalalarni tartibga solish va ustuvor vazifalarni hal qilishning muhimligini hisobga olgan holda, zarurat bo‘lganda, Vazirlar Mahkamasi xodimlarining umumiy shtatlari soni doirasida uning ijro etuvchi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N.Aripov bir hafta muddatda mas'ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarni biriktirgan holda Vazirlar Mahkamasi apparati bo‘linmalari tuzilmasini kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga taqdim etadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

07:34 / 12.07.2025
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi

07:43 / 10.07.2025
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni tanlab olish shaffof bo‘ladi

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025