Sochlar holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan mahsulotlar

Light 16:31 / 30.01.2019 18847

Sochlaringiz xira tortib, to‘kilishni boshlagani, hajm va quvvatni yo‘qotganini sezdingizmi? Maqolada ularga ilgarigi jilo va kuchni qaytarishda yordam beradigan mahsulotlar haqida so‘z yuritamiz.

Sochlar tashkil topgan hujayralarga oqsil va vitaminlar zarur. Ovqatlanishni cheklash (qat'iy parhez) hatto sochlarning to‘kilishiga ham olib kelishi mumkin.

Foto: Unsplash

Sochlar holatini yaxshilash uchun asosiy ratsionga quyidagilarni qo‘shish lozim:

A vitamini;

temir;

B6 va B12 vitaminlari;

omega-3;

magniy;

sink;

selen.

Agar ratsioningizdagi vitaminlar miqdori yetarli bo‘lsa, sochlarning yomon tashqi ko‘rinishi ichki organlar kasalliklaridan darak berishi mumkin. Bu holatda shifokorga murojaat etish lozim.

Foto: Unsplash

Yong‘oqlar

Aynan yong‘oqlarda sochlar to‘kilishini to‘xtatish va ularning o‘sishini qo‘llab-quvvatlaydigan yog‘ kislotalari bor.

Ismaloq

Ismaloq tarkibida foliy kislotasi, temir, shuningdek A va S vitaminlari bor. S vitamini kollagen ishlab chiqarilishida ishtirok etadi, demak sochlarni mustahkamlashda yordam beradi.

Mol go‘shti

Qizil go‘sht tarkibida temir va Omega 3 ko‘p miqdorda.

Tuxum

Tuxum oson hazm bo‘luvchi oqsil manbai bo‘lib, u sochlar uchun juda zarur.

Go‘shti qizil baliq (losos)

Ushbu baliq turi juda yog‘li, D vitaminiga boy. U sochlarni oziqlantirish va chiroyli ko‘rinishiga yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: