«Donjyu» – Shimoliy Koreyadagi o‘rta qatlam

Light 22:20 / 30.01.2019 12166

Sayyorada Shimoliy Koreya kabi «yopiq» mamlakat qolmagan bo‘lsa kerak. Ha, u dunyoga tobora ochilib bormoqda. Bor-yo‘g‘i bir necha yil muqaddam Pyongyang ko‘chalarida qo‘lida mobil telefon va boshqa zamonaviy aksessuarlar tutgan kishilarni ko‘rishning imkoni yo‘q edi.

Bugun Shimoliy Koreya yirik shaharlari aholisi uchun iqtisodiy va texnologik yangiliklar begona emas. Davlat va partiya bilan bog‘liq bo‘lmagan manbalardan daromadga ega, o‘z ishini mustaqil yuritayotgan o‘rta qatlam vakillarini har yerda uchratish mumkin. KXDRda ularni «pul borasidagi mohir kishilar» yoki koreys tilida «donjyu» (donju) deb ataydilar.

Ko‘chalarda elektr quvvatida ishlaydigan velosipedlar va qimmatbaho premium klass avtomobillari tobora ko‘paymoqda.

Shimoliy Koreya – endilikda bir necha yil avval gazeta parchalari va televizion lavhalarda tasvirlangan joy emas.

Mamlakat transport tizimi rivojlandi, taksi parklari kengaydi. To‘y marosimlarini tadbir uchun mos bo‘lgan istalgan yerda o‘tkazish mumkin.

O‘rta qatlam ko‘ngil ochish uchun ham vaqt topadi. Ular Pyongyang shahrining qimmatbaho restoran, do‘kon va barlar ko‘p bo‘lgan obro‘li qismida dam olishadi.

Qiziqarli jihati, ishda olti kunlik bandlik va ko‘plab qo‘shimcha topshiriqlar holatida qanday qilib ko‘ngil ochishga ulgurishar ekan?

Ammo katta «biroq» mavjud. Shimoliy Koreya o‘zgarayotgan bo‘lsa-da, bu jarayon faqat yirik megapolislarda juda sekin sur'atlarda sodir bo‘lmoqda. Mamlakat sanksiyalar ta'siri ostida, iqtisodiy rivojlanish va boshqa sohalarda ortda qolmoqda.

Qishloqqa borish uchun avtobusni kutishdagi navbatlar bu haqda yodga soladi. Qishloqdagi mehnat hali ham og‘ir va «bitmas-tuganmas»ligicha qolmoqda. Dalalarda ishlayotgan kishilarni har yerda uchratish mumkin.

KXDRdagi tadbirkorlar – respublikada istiqomat qilayotganlar umumiy sonining 10 foizini tashkil etuvchi imtiyozli qatlam. Elita qat'iy davlat boshqaruvini chetlab o‘tgan holda yashamoqda. Biroq hozircha hukumat ularning gullab-yashnashiga ko‘z yummoqda.

Ko‘proq yangiliklar: