Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamashi yo‘llari qachon talabga javob beradi?
O‘tgan yil 13-14 dekabr kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qildi. Shuningdek, hududlarni tumanlarni, jumladan, Qamashi tumanini yanada rivojlantirish borasida muhim tavsiyalarni bergani voha ahlini g‘oyatda quvontirdi.
Yaqinda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining “2019-2020 yillarda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ham barchamizni mamnun qildi. Ushbu loyiha bilan tanishish jarayonida bir qator takliflar tug‘ildi.
Jumladan, 4K 340 “Mang‘it – Qamashi – Chimqo‘rg‘on” avtomobil yo‘li tuman markazining M-39 avtomagistral yo‘li bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l hisoblanadi. Aniqrog‘i tumandagi mavjud texnika qatnovining 95 foizi ushbu yo‘lning hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ushbu “Mang‘it – Qamashi – Chimqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 0-14 kilometridagi yo‘lni ta'mirlash tumanning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatardi.
Shu bilan birga, tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosi qirg‘og‘ida 51 ming nafar odam istiqomat qiladi. Ushbu manzilgohlar tuman markazidan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan 7 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan iborat.
Xalq bilan muloqot doirasida prezident portaliga qilingan murojaatlar natijasida 2017 yilda tuman hududidagi Qashqadaryo daryosi ustiga ko‘prik qurildi. Bu esa 51 ming aholining tumanga qatnash masofasini 20 kilometrgacha qisqartirdi.
Ammo tuman hududidan o‘tuvchi Bosh magistral yo‘ldan ko‘prikka olib boruvchi yo‘l davr talablariga javob bermaydi. Aslida bu yo‘lni qurish 2018 yilga mo‘ljallangan edi. Lekin bu ish amalga oshmadi. Ayni kunlarda daryo ustidagi ko‘prikka eltuvchi ikki sohildagi yo‘l ham juda nosoz va xavfliligi tufayli odamlar qish-qirovli kunlarda o‘zlari qum to‘kib, qiynalib qatnab turibdi. Shu bois “Chimqo‘rg‘on – Qoratepa” avtomobil yo‘lining 00-08 km.dagi yo‘lni ta'mirlash odamlarning ayni ko‘nglidagi ish bo‘lardi.
Bundan tashqari, Qamashi shahriga kirib kelishda, aniqrog‘i “Hunarmand” savdo kompleksi bilan Markaziy dehqon bozori oralig‘idagi chorrahada avtoulovlar tirbandligi har kuni yo‘lovchilarga juda ko‘p muammolar tug‘diradi.
Yana bir gap. Qarshi–Shahrisabz oralig‘idagi temir yo‘ldan tezyurar poyezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu viloyat hayotida turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Tezyurar poyezdlarning qatnovi Qamashi tuman hududidan ham o‘tadi. Natijada, “Hunarmand” savdo kompleksi bilan Markaziy dehqon bozori oralig‘idagi chorrahada avtoulovlar tirbandligi yanada murakkablashdi. Negaki, tezyurar poyezd ushbu chorraha yonidan o‘tish oldidan yarim soat burun temir yo‘l o‘tkazmalaridagi to‘siqlar yopiladi. Bu esa shaharning eng gavjum joyi hisoblangan ushbu chorrahada boshi-oxiri yo‘q tirbandlikni keltirib chiqarmoqda.
Shuning uchun ham ushbu chorrahada temir yo‘l kesishmasiga 300 metrlik yo‘l o‘tkazgich qurish dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bu yo‘l o‘tkazgichning qurilishi tuman iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga juda katta foyda keltirishi shubhasiz.
Bahodir Shodiyev, Panji Nurtoyev,
Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi deputatlari
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

09:45 / 02.04.2025
Uch kunlik chaqalog‘ini 60 mln so‘mga sotgan ayolga jazo tayinlandi

15:00 / 06.09.2023
Samarqandda xalqaro konferensiya munosabati bilan ayrim yo‘llar harakat uchun yopiladi

17:17 / 24.08.2023
Yo‘llarni 822 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari sifatsiz bajarilgan - Senat

09:22 / 25.07.2023