Amerikalik olim va dasturchi Vinton Serf internetning himoya qilinmagan qurilmalarini zamonaviy tarmoq uchun asosiy xavf, deb atadi. Uning so‘zlari Business Insider tomonidan keltirilgan.
Tarmoq yaratuvchilaridan birining tashvishlanishicha, internetga ulangan qurilmalar soni tobora o‘sib bormoqda. Uning aniqlik kiritishicha, muammo bunday gadjetlarning yetarli darajada xavfsiz emasligiga bog‘liq.
«Qurilmalar ko‘chkisi paydo bo‘lmoqda va ular juda xavfli bo‘lishi mumkin» - deya ma'lum qildi Serf. Olimning aniqlik kiritishicha, ushbu qurilmalar ishdan chiqishi oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi.
Xavfli misol sifatida, Serf haydovchisiz avtomashina buzib kirilganidan so‘ng, yo‘l-transport hodisasiga uchrashi mumkinligini keltirdi.
Ishlab chiquvchi xulosasiga ko‘ra, internetda ikkita nuqson bor: u oxir-oqibat ushbu tarmoqqa ulanadigan milliardlab qurilmalarni ulash uchun mos emas, shuningdek, unda ichki xavfsizlik protokollari yo‘q.
Gartner tadqiqot kompaniyasi taxminiga ko‘ra, 2021 yilga kelib foydalanuvchilar tarmoqqa 25 milliard internet buyumlar qurilmasini ulaydi.