Tojikiston poytaxtida barcha sotuvchilar bir xil libos kiyishi majburiy etib belgilandi

Dushanbe meri Rustam Emomali imzolagan qarorga muvofiq, poytaxtdagi mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha bozorlar, savdo va maishiy xizmat markazlari, savdo nuqtalari, magazinlar va umumiy ovqatlanish muassasalari xodimlari bir xil ish kiyimi kiyishlari shart. Bu haqda Dushanbe meri matbuot xizmati xabar berdi.
Mer qaror ijrosi nazoratini shahar iqtisodiyoti va savdoni rivojlantirish, sanitariya-epidemiologiya, antimonopoliya xizmatlari, oziq-ovqat xavfsizligi qo‘mitasi shahar boshqarmasiga topshirdi.
Yuqoridagi tashkilotlar har uch oyda qaror bajarilishi yuzasidan hisobot topshirishlari belgilab qo‘yildi.
Bu savdo xodimlarini bir xil kiyintirish uchun birinchi urinish emas. 2016 yil oktyabrda ham Dushanbening o‘sha paytdagi meri Mahmadsaid Ubaydulloyev shahardagi bozorlar va savdo markazlari sotuvchilarini bir xil kiyim bilan ta'minlash haqidagi qarorga imzo chekkandi.
Mavzuga oid

08:12 / 06.03.2025
O‘zbekiston va Gurjiston savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

10:35 / 04.03.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida 4 ta qo‘shimcha savdo yo‘lagi ochilishi mumkin

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

08:46 / 27.02.2025