Tesla avtomobillari o‘g‘rilarini Bax musiqasi bilan cho‘chitadi 

Fan-texnika 12:59 / 28.01.2019 4678

Tesla avtomobilining yangi maxsus xavfsizlik tizimi mashinani olib qochishga urinish vaqtida Iogann Sebastyan Baxning “Tokkata i fuga re minor” musiqasini baralla ijro eta boshlaydi.  

Bu haqda Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask ma'lum qildi.

“Tesla Sentry Mode rejimi o‘g‘irlik paytida Baxning “Tokkata i fuga re minor” musiqasini ijro eta boshlaydi”, deb yozgan Mask.

“Gohida Baxning bu kompozitsiyasi metall uslubida yangraydi”, deb qo‘shimcha qilgan milliarder.

Tesla yaqin orada avtopiloti bor barcha mashinalari uchun “Sentry Mode” xavfsizlik tizimini chiqaradi. Bu Tesla Model S, Model X va Model 3’ga tegishlidir. Yangi xavfsizlik tizimi avtomobil bilan biror kor-hol yuz bersa, bu haqda uning egasiga xabar beradi.

Ko‘proq yangiliklar: