Subaru Yaponiyadagi yagona zavodi ishini qayta tikladi

Fan-texnika 14:18 / 28.01.2019 4291

Subaru avtomobil kompaniyasi Ota shahrida joylashgan Yaponiyadagi yagona zavodi ishini qayta tikladi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Korporatsiya ishlab chiqarishni 16 yanvarda, hamkorlardan biri tomonidan yetkazib beriladigan butlovchi qismlarda nuqsonlar aniqlanganidan so‘ng to‘xtatib qo‘ygandi. Ushbu qismlardan qator modellar, jumladan, Forester krossoverini ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Xabar qilinishicha, kompaniya nuqsoni bo‘lmagan yangi butlovchi qismlarni sotib olgan. Zavodning majburiy to‘xtab qolishi natijasida 20 ming dona avtomobil ishlab chiqarilmadi.

Mazkur zavod kompaniya avtomobillarining 60%ini ishlab chiqaradi. Yil oxiriga qadar bu yerda 650 ming dona mashina ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: