Qozog‘istonda soliq to‘lovchilarning yagona elektron hamyoni joriy etiladi

Iqtisodiyot 15:10 / 28.01.2019 3872

Qozog‘istonda soliqlarni to‘lash uchun yagona elektron hamyon joriy etiladi. Bu haqda moliya vaziri Alixan Smailov ma'lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu soliqlarni elektron to‘lov jarayonini soddalashtiradi.

“Bu borada Estoniya tajribasi namuna bo‘ladi. Bu yerda soliq to‘lovchi soliqlarni yagona rekvizit bo‘yicha to‘laydi. So‘ngra ushbu summa jismoniy shaxsning barcha soliqlari bo‘yicha taqsimlanadi”, degan u.

Smailovning so‘zlariga ko‘ra, buning natijasida soliq to‘lashda xatolar bo‘lmaydi, to‘lov hujjatlari soni kamayadi, tushunarsiz to‘lovlar va asossiz penyalar istisno etiladi, soliq to‘lovchilarning vaqtlari tejaladi, banklar, g‘aznaning axborot tizimidagi yuklamalar soni kamayadi.

Qayd etilishicha, soliq to‘lashning yagona servisiga o‘tish uchun axborot tizimlarini qayta ishlab chiqish, budjet, bank, soliq va bojxona qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritish talab qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: