Musulmonlar uchun eng qulay bo‘lgan brauzer ishlab chiqildi

Fan-texnika 16:38 / 28.01.2019 21678

Malayziyaning Salam Web Technologies startapi musulmonlar uchun mo‘ljallangan birinchi brauzerni namoyish etdi. Ilova o‘tgan yili paydo bo‘lgan bo‘lib, unga endigina e'tibor qaratildi, deb xabar berdi Bloomberg.

Mualliflarning fikricha, SalamWeb internetda bexatar syorfing qilish uchun mo‘ljallangan. Ilova ochiq mazmundagi va musulmonlarni tahqirlovchi materiallarni to‘sadigan filtrlarga ega. Masalan, brauzer foydalanuvchiga pornografiya va qimor o‘yinlari bilan bog‘liq saytlarni ko‘rsatmaydi. SalamWeb ilovasi Windows, Mac, iOS va Android tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.

— Biz internetni yaxshiroq qilmoqchimiz. U yaxshi va yomonga bo‘linadi, bizning brauzerimiz yaxshi internetga yo‘l ochadi, - dedi Salam Web Technologies vakili Hasni Zarina.

Ayni vaqtda SalamWeb Malayziya va Indoneziyada yashovchi musulmonlarga mo‘ljallangan kompaniya kelgusida yer yuzidagi musulmon aholining 10%ini o‘z ilovasiga o‘tkazmoqchi. Bloomberg agentligining yozishicha, hozirda jahondagi musulmonlar soni 1,8 mlrd nafarga yaqin.

Ko‘proq yangiliklar: