Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi ham QQS to‘lovchisiga aylanadi

Iqtisodiyot 18:37 / 27.01.2019 31792

Moliya vaziri o‘rinbosari Dilshod Sultonov 75 ming fermer xo‘jaliklari QQS tizimi bo‘yicha hisob yuritishni o‘rganishi haqida ma'lumot berdi. Unga ko‘ra, budjet ko‘magida QQS hisobini yuritish bo‘yicha treninglar, malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Shundan so‘ng, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ham QQS to‘lovchisiga aylanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«Joriy yilda 28 mingdan ortiq yangi sub'yektlar QQS to‘loviga o‘tgan. Ular orasida ustav kapitali 10 millionlab dollardan oshgan yirik korxonalar bor. Ular hisob-kitobda QQSni inobatga olish imkoniyatidan mahrum edi. Shuningdek, 75 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari ham qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob qilishni o‘rganadi. Shu maqsadda budjetdan resurs ajratilib, maxsus o‘quvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Bu tabiiy holat, chunki fermer ham QQS bo‘yicha hisob qila oladi. U urug‘, agrotexnika, elektrenergiya, gaz, suv sotib oladi va shulardagi QQSni inobatga olishi mumkin», – deydi Sultonov. 

Ma'lumot uchun, ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi QQS to‘lovchisi hisoblanmaydi va zanjir doirasiga kiritilmagan. ​

Ko‘proq yangiliklar: