O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi

Iqtisodiyot 13:39 / 27.01.2019 8409

O‘zbekiston Heritage Foundation tadqiqot instituti e'lon qilgan 2019-yilgi iqtisodiy erkinlik reytingida 140-o‘rinni egalladi.  

O‘zbekistonga maksimal 100 balldan 53,3 ball berilgan. O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 51,5 ball bilan 152-o‘rindan joy olgandi.

Markaziy Osiyodagi respublikalar orasida  Qozog‘iston 59, Qirg‘iziston 79, Tojikiston 122 va Turkmaniston 164-o‘rinda qayd etilgan.

Ro‘yxatga jami 180 davlat kiritilgan bo‘lib, 1-o‘rinda 90,2 ball bilan Hongkong, oxirgi o‘rinda 5,9 ball bilan Shimoliy Koreya joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: