2019 yilda 400dan ortiq nuqtada wi-fi hududlari tashkil etiladi

Fan-texnika 16:47 / 27.01.2019 7725

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sirojiddin Usmanov joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 400dan ortiq wi-fi nuqtalari tashkil etilishini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Sirojiddin Usmanov
Foto: Xalqaro press-klub

«O‘zbektelekom» va boshqa xususiy operator-provayderlarni ushbu ishga jalb etgan holda rejadagi 400ta nuqtada wi-fi hududlari tashkil etiladi. Hamma nuqtalarga optik tolali kabellar orqali internet uzatilishi belgilangan. 

Shuningdek, foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etilishi nazarda tutilgan», – deydi u.

Eslatib o‘tamiz, «2025 yilgacha bo‘lgan davrda Turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi» loyihasida O‘zbekistonning har bir mintaqasidagi kamida 50 turistik infratuzilma obektida bepul Wi-Fi zonalari yaratilishi nazarda tutilgandi

Metrotelecom TM esa Toshkent metrosida internet xizmatlarini joriy etish sinov-tajribasini davom ettirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: