MB 2019 yil uchun inflatsiya bazaviy prognozini 13,5-15,5% darajasida saqlab qoldi

Iqtisodiyot 15:50 / 26.01.2019 10175

Markaziy bank 2019 yil uchun inflatsiyaning bazaviy prognozini 13,5-15,5% darajasida saqlab qoldi. Bu haqda MB xabarida aytiladi. 

Prognozlarga ko‘ra yillik inflatsiya darajasi fevral-mart oylarida o‘zining eng yuqori darajasiga yetganidan so‘ng pasaya boshlaydi, biroq iyun oyida elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflarining navbatdagi oshirilishi inflatsiya pasayishi sur'atini sekinlashtirishi mumkin.

2019 yilda inflatsiya sur'ati tezlashishining asosiy xatarlari iqtisodiyotda yuqori inflyatsion kutilmalarning saqlanib qolishi, QQS bo‘yicha yangi to‘lov mexanizmining joriy etilishi hisobiga alohida tovar va xizmatlar narxlarining o‘sishi, shuningdek energiya resurslari narxlari oshirilishining ikkilamchi ta'siri ko‘lamining kengayish ehtimolining mavjudligi bilan bog‘liq.

Pul-kredit siyosatining amaldagi yo‘nalishining saqlab qolinishi, kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berishning yangi mexanizmini samarali joriy etilishi, budjet xarajatlari va defitsitining belgilangan parametrlar doirasida bo‘lishi, shuningdek soliq islohotlarining muvaffaqiyatli tatbiq etilishi inflyatsion jarayonlarni sekinlashishiga yordam beradi. Markaziy bank mazkur shart-sharoitlarning to‘laqonli amalga oshishi ta'minlanganda 2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha inflatsiya prognozini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: