So‘z boyligini qanday oshirish mumkin?

Light 16:04 / 25.01.2019 41837

Nutqning go‘zalligi va xilma-xilligi – kuchli qurol. Biz nutq orqali ta'sir ko‘rsatish, boshqarish va yo‘naltirishga qodirmiz. Aniq gapirish, noodatiy iboralarni qo‘llay olish kishilarda doimo taassurot uyg‘otadi.

Leksikon turlari

Lug‘at zaxirasi quyidagi guruhlarga ajratiladi.

Faol – kundalik turmushdagi muloqot. U o‘z ichiga yozma va og‘zaki nutqni oladi.

Foto: Pixabay

Passiv – odamga tanish bo‘lgan kundalik dialoglarda qo‘llaniladigan tushunarli atamalar. Zarur bo‘lgandagina inson ulardan foydalanadi. Ayrim hollarda passiv leksikondagi so‘zlarning ma'nosini eslashga harakat qilish kerak bo‘ladi.

Tashqi – ma'nosi tanish bo‘lmagan so‘zlar. Masalan, texnik so‘zlar.

Leksikonni qanday kengaytirish mumkin?

Ot so‘z turkumidan iborat hikoya tuzing. Bunda hikoyada ma'no va mantiqiy rivojlanish mavjud bo‘lishi lozim. Bu usulni fe'l va sifatlarga nisbatan ham qo‘llash mumkin.

Alifbe harflari. Hikoyani hosil qiluvchi ketma-ket so‘zlar zanjiri. Bunda har bir keyingi so‘z – alifbedagi keyingi harf.

Bir harf. Shunday matn o‘ylab topingki, unda har bir so‘z yagona harf bilan boshlansin. Qo‘shni so‘zlar ma'no jihatidan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy matn esa yo‘q.

Shunday qilib, ishlardan biroz chalg‘ish va kutish vaqtlarida band bo‘lish mumkin. Bunday o‘yinlar bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.

Yana qanday mashg‘ulotlar so‘z boyligini oshirishi mumkin?

Kitoblar. Albatta, kitoblar aqlni charxlaydi, tafakkur va so‘z boyligini rivojlantiradi. Xilma-xil kitoblar o‘qib, yangi atama va nutqning o‘ziga xosliklarini eslab qolasiz. Turli adabiyotlarni o‘qish muhim. Ana shunda natija sezilarli bo‘ladi.

Turli soha vakillari bo‘lgan kishilar bilan muloqot qilish. Biror narsani o‘rganishning eng samarali usuli bu – amaliyot. So‘z boyligini muloqot, yangi nutq shakllarini qo‘llash va o‘zlashtirish orqali kengaytirish tezroq kechadi. Ko‘pincha o‘zimiz uchun odatiy kishilar doirasidagilar bilan muloqot qilamiz. Bu oila, do‘stlar va hamkasblar. Agar ushbu muloqot doirasidan tashqariga chiqsangiz, o‘zingiz uchun ko‘plab yangi narsalarni kashf etasiz. Nafaqat so‘z boyligi borasida. Rassom, texnik mutaxassislar, tor doiradagi mutaxassislar bilan muloqot qiling. Hozirda internet makoni yangi tanishlar orttirish imkonini beradi. Yangi joylar, ko‘rgazmalar, namoyish va konferensiyalarga tashrif buyuring. Bularning bari yangi tanishlarni olib keladi va muloqot doirasini kengaytiradi.

Audio-kitoblar. Kitoblarni audio shaklda tinglash so‘z boyligini kengaytirish uchun a'lo darajadagi variantga aylanadi. Aytishlaricha, bilimlar bizga aynan quloq orqali keladi. Aynan shu kanal orqali ko‘proq ma'lumotni o‘zlashtiramiz. Turli mavzulardagi ma'ruza va chiqishlarni tinglash ham foydali bo‘ladi.

Foto: Pixabay

Kundalik tuting.O‘z fikrlaringizni yozib boring. Fikrlarimizni qog‘ozda qayd etganimizda unga to‘g‘ri tahrirni tanlashga harakat qilamiz. Bu usul nutqimizni ko‘z bilan ko‘rishga yordam beradi. Keyinchalik rivojlanishingizni qaydlar orqali oson baholay olasiz.

Kuniga bitta yangi tushunchani o‘rganing.  Har kuni bor-yo‘g‘i bitta so‘z. Mavzu istalgancha bo‘lishi mumkin. Eng muhimi yangi so‘zlarni qo‘llash, kundalik nutqda ulardan foydalanish.

Xulosa o‘rnida

Chiroyli gapirish bu – ko‘nikma. Har bir ko‘nikmani rivojlantirish mumkin. Buning uchun sizdan istak va kundalik harakatlar talab etiladi. O‘z tilingizni faqat o‘zingiz boyitishga qodirsiz.

Ko‘proq yangiliklar: