Windows bazasidagi kompyuterlarda o‘rnatilgan dasturlarning yarmidan ko‘pi foydalanuvchilarga kamchiliklar tufayli xavf tug‘diradi. Buning sababi eskirgan versiyalarda, deya aniqladi Avast viruslarga qarshi dasturlar kompaniyasi 163 million qurilma tahlili asosida.
Tadqiqotchilar aytishicha, foydalanuvchilarning 94 foizdan ko‘pi Skype’ning eskirgan versiyasidan foydalanadi, 85 foizi Mozilla Firefox eski versiyasini ishlatadi, 77 foizi iTunes’ni yangilamagan.
Kompaniya mutaxassislari foydalanuvchilarni ogohlantirib, kiberjinoyatchilar softning eskirgan versiyalari yordamida «kompyuterni buzishi» mumkinligi haqida ma'lum qilishdi.
Viruslarga qarshi dasturlar ishlab chiquvchilarning alohida ta'kidlashicha, Microsoft Office eski versiyalariga yangilanishlar chiqmayapti, bu ham ehtimoliy xakerlar hujumida kompyuter xavfsizligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Mutaxassislar foydalanuvchilarga noqulay oqibatlar kelib chiqmasligi uchun softni o‘z vaqtida yangilashni tavsiya qildilar.