Quritilgan xurmo: nimasi bilan foydali va uni qanday iste'mol qilish kerak? 

Light 13:02 / 24.01.2019 32940

Quritilgan xurmo mevalarini butun dunyoda sevib iste'mol qilishadi. U o‘zining shirin va yoqimli ta'mi bilan ajralib turadi. Desert va yengil yegulik uchun ideal darajada mos keladi. Bundan tashqari, uning bir qator foydali jihatlari ham bor.

Quritilgan xurmo: nimasi bilan foydali va uni qanday iste'mol qilish kerak? 

Quritilgan xurmo - ta'rif

Ushbu  quruq meva ko‘pincha Afrika mamlakatlaridan keltiriladi. Afrika qit'asida bu mahsulotdan ko‘p foydalaniladi, ko‘plab mahalliy taomlarga qo‘shiladi.
Yangi uzilgan mevasi quritilganiga qaraganda ochroq rangda va yumshoq bo‘ladi. Palmalar yiliga bir necha marta meva beradi. Xurmo shingil bo‘lib o‘sadi.
Quritilgan xurmo qanday tayyorlanadi?

Yig‘ib olingach, xurmo ivitiladi. Ular namlikni nazorat qilgan holda maxsus pechlarda quritiladi. Meva namlikni biroz saqlab, shirali holda qolishi muhim.
Qishloqlarda mevalar eng oddiy va tabiiy usulda – quyoshda quritiladi. Hatto quritilganidan keyin ham mahsulot o‘z foydali sifatlarini saqlab qoladi.

Foydali xususiyatlari

Xurmo mahsulotga yoqimli va shirin ta'm beradigan uglevodlarga boy. Quruq meva tarkibida ayollar salomatligi uchun  foydali sanalgan foliy kislotasi ko‘p bo‘lgani uchun ayniqsa qadrlanadi. Shuningdek, RR, V va A vitaminlari ham ko‘p. Mahsulot tarkibida temir, sink va magniy miqdori ko‘p. Xurmolar makroelementlarga boyligini ham qayd etish lozim.

Qanday iste'mol qilish kerak? 

Xurmo quvvati yuqori mahsulot. Fruktoza miqdori yuqori bo‘lgani uchun quruq meva yuqori glikemik indeksga ega. Demak, quruq meva iste'mol qilinganida qondagi qand darajasi keskin oshadi va shuningdek pasayadi. Bu mahsulotni cheklangan miqdorda iste'mol qilish kerakligini anglatadi. Diabet kasalligiga chalinganlar esa uni ratsiondan butunlay chiqarishlari zarur.

Tetiklik va tezda to‘yish uchun a'lo darajadagi mahsulot. Bu esa ularni to‘yimli yegulikka aylantiradi. U tezda to‘yintiradi va kuch beradi.

Ko‘proq yangiliklar: