O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari o‘sdi

Iqtisodiyot 14:59 / 23.01.2019 24413

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin-valuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotni e'lon qildi.

2018 yilning dekabr oyida yalpi oltin-valuta zaxiralari 1,09 mlrd AQSh dollariga ortib, 27,08 mlrd dollarni tashkil qildi.

2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra sof oltin-valuta zaxiralari hajmi 26,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Xorijiy valutalari aktivlar 1,4 mlrd dollarga ko‘payib, 12,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi.

Monetar oltin hajmi esa 326,2 mln dollarga kamayib, 14,6 mlrd dollarni tashkil qildi. 

Markaziy bank izohida aytilishicha, 2018 yil yanvar-dekabr oylarida oltin-valuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1281,65 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi (narxning oltin-valuta zaxiralarining kamayishga ta'siri - 160,7 mln.doll.).

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari kamaygani ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: