“Changyutgichlar sotuvchisi” Buyuk Britaniyaning eng boy odamiga aylandi

Foto: Mark Von Holden / AP
Maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Dyson Ltd. kompaniyasi Jyeyms Dayson eng boy britaniyaliklar ro‘yxati yetakchisiga aylandi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Reytingdagi o‘zgarishlar kompaniya bosh qarorgohini Singapurga ko‘chirib o‘tkazmoqchiligini aytgan vaqtda yuz bergan. 2019 yil boshida Dayson boyligi 4,52 mlrd dollarga ko‘paygan. Bugungi kunda uning boyligi 13,8 mlrd dollarga baholanmoqda.
Dayson daromadining keskin oshishi 2018 yildagi yaxshi natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bog‘lanmoqda: Dyson Ltd. oboroti 28 foizga, daromadi 33 foizga oshgan.
Avval reytingda yetakchi o‘rinni Ineos kimyo xoldingi asoschisi Jim Retkliff egallagan. Hozirda uning boyligi 13,1 mlrd dollarga baholanmoqda. 3-o‘rinni Vestminster gersogi Xyu Grosvenor 12,4 mlrd dollar bilan egallamoqda. Grosvenor kapitalining katta qismini Buyuk Britaniyadagi yer mulki tashkil etadi.
Mavzuga oid

11:51
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

21:37 / 08.05.2025
Britaniya birinchi bo‘lib AQSh bilan «savdo bitimi» tuzdi

19:56 / 07.05.2025
Britaniyada 400 yil ichida ilk bor yovvoyi qunduz aniqlandi

23:51 / 06.05.2025