«Barselona» de Yong transferini e'lon qildi

«Ayaks» yarimhimoyachisi Frenki de Yong faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi.
Klublar 21 yoshli futbolchining 75 million yevrolik transferini kelishib olishdi. Frenki 2024 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi va 1 iyuldan boshlab kataloniyaliklar tarkibiga qo‘shiladi. Agar de Yong «Barselona» tarkibida muvaffaqiyatli o‘ynasa, «Ayaks» yana 11 million yevro bonus olishi mumkin bo‘ladi.
Avvalroq, «Pari Sen-Jyermen», «Manchester Siti» va «Yuventus» klublari de Yong xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda futbolchi Gollandiya chempionatida 15ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urgan.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025