2018 yil yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 14 257,9 mln. AQSh dollarga (o‘sish sur'ati 13,6%) teng bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Eksport tarkibida tovarlar 78,7% ulushga ega. Bular energiya manbalari va neft mahsulotlari (18,7%), oziq-ovqat mahsulotlari (7,7%), shuningdek, qora va rangli metallar (8,2 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
O‘zbekiston, asosan, xizmatlar (3 mlrd dollar), oltin (2,9 mlrd dollar) hamda energiya manbalari va neft mahsulotlari (2,6 mlrd dollar) eksport qildi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-dekabr oylarida import hajmi 19 557,4 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 39,6%) teng bo‘ldi.
Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (42,5 % - 8,3 mlrd dollar), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,1% - 2,5 mlrd dollar) hamda qora va rangli metallar (9,1% - 1,7 mlrd dollar) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, respublika xizmatlar importiga 2,2 mlrd dollar sarflagan.