Dunyo shaharlaridagi metrolar haqida bilasizmi?

Light 20:58 / 22.01.2019 30862

Ishga yo‘l olasizmi yoki yangi shaharni sayyoh sifatida tadqiq etasizmi, ko‘pincha metrodan foydalanasiz. Axir u tez, qulay va ancha arzon. Parijdan to Dehligacha – dunyoning 16 shahridagi metropoliten qanday ko‘rinishda ekaniga o‘zingiz nazar soling.

Parijdagi (Fransiya) metro Yevropadagi metropolitenlar orasida bandligi bo‘yicha 2-o‘rinda.

Dubayda (BAA) esa metro haydovchisiz harakatlanadi.

Dunyodagi eng qadimiy metropoliten tizimi Londonda (Buyuk Britaniya) joylashgan.

Nyu-Yorkdagi ilk jamoat transporti 19 asrdagi dilijans edi. Ilk rasmiy metro stansiyasi (Interborough Rapid Transit Company (IRT) esa 20-asrda ishga tushgan.

Xitoydagi Pekin metrosi uzunligi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinda ekani bilan maqtansa arziydi.

Berlinda tezkor tranzitning ikki tizimi mavjud: 1992 yilda ish boshlagan U-Bahn (yerosti) va1924 yilda ochilgan S-Bahn (tezkor shahar temir yo‘li).

Moskvadagi metro o‘zining hashamatli arxitekturasi bilan dong taratgan.

Janubiy Amerikadagi eng keng miqyosli metro tizimi Chilidagi Santyago shahrida joylashgan.

Tokioda metroning ikkita turli tizimlaridan foydalanish mumkin: xususiy (9 ta liniya) va jamoat (4 ta liniya).

Mexikodagi ilk metro liniyalari XX asrning 60-yillari oxirida qurilgan.

Hindistonning Dehli shahrida metro 2002 yilda ochilgan.

Istanbulda esa ilk metro XIX asrda ochilgan.

Chikagoning 'L' tizimi AQShdagi eng qadimiy tezkor tranzit tizimi sanaladi.

Torontodagi metro Kanadada dastlabkisi edi.

Afrika shaharlarining faqat ikkitasidagina metro bor, ulardan biri Misrdagi Qohira metrosi.

Stokgolmdagi metro yerosti san'at muzeyiga o‘xshaydi.

Ko‘proq yangiliklar: