Xitoy muzyorar kemasi Antarktida sohillarida aysberg bilan to‘qnashib ketdi

Jahon 18:40 / 21.01.2019 17142

Xitoyning "Syuelun" muzyorar kemasi Amundsen dengizidagi ekspeditsiya chog‘ida Antarktida sohilida aysberg bilan to‘qnashib ketdi. Kema yengil shikastlangan, ekipaj a'zolari jarohatlanmagan. Bu haqda Xitoy tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
"Syuelun" muzyorari 35-Antarktika ekspeditsiyasi chog‘ida kuchli tuman sababli Amundsen dengizida aysberg bilan to‘qnashib ketdi",deyiladi vazirlik xabarida.

"Syuelun" ilmiy-tadqiqot muzyorar kemasi 1993 yilda Xerson kemasozlik zavodida qurilgan bo‘lib, 1994 yilda Xitoy sotib olgan. 2016 yil oxirida Xitoy o‘zining birinchi muzyorar kemasini qurishni boshlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: